Tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📚  Men, bolam va pul
✍️   Adhamjon Ahmedov

Qadrli kitobxonlar!

Xalq orasida hammamizga ma’lum bo‘lgan bir ibora bor: «Bola-da, esdan chiqarvoradi …» Bola kattalar tomonidan qanchalik xafa qilinsa ham, ertasiga hech narsa bo‘lmagandek yana o‘sha kattalar atrofida parvona bo‘laveradi. Bolalardagi bu holat biz kattalarni aldab qo‘yadi, negaki biz ularni kechagi voqealarni unutib yuboribdi, deb o‘ylaymiz.
Aslida unday emas. Bolaning aqli unutsa ham, his-tuyg‘ulari hech narsani unutmaydi.
Zero, insonning bolaligi aql bilan o‘rganish emas, balki his-tuyg‘ular bilan shaxsiyatini shakllantirish davridir. Bir so‘z bilan aytsak, kelajak «Ha, endi, bola-da» deb bee’tibor bo‘lmagan ota-ona va tarbiyachilar bilan bunyod bo‘ladi.

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!