Tavsiya qilamiz

Yangiliklar

Jahon adabiyoti tarixida muhim o‘ringa ega bo‘lgan ulug‘ nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote umri so‘ngida nasriy asar yozishga jazm etgan. Buning samarasi o‘laroq «Yosh Verterning iztiroblari» romani dunyoga kelgan. Bu romanda Gyote o‘z davri uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy muammolarni ko‘tarib chiqdi. Feodal-dvoryan reaksiyasi hukm surgan nemis muhitida ilg‘or yoshlar o‘z qobiliyati va iqtidorini sarf qilish imkonidan mahrum. Ularning olijanob intilishlari bo‘g‘ib tashlangan. Asar qahramoni Verter – byurger oilasidan chiqqan iste’dodli yosh yigit. U zamonasiga ko‘ra juda yaxshi ma’lumot olgan, mumtoz adabiyotni, ayniqsa, Gomer asarlarini sevib o‘qiydi. Qalbi olijanob his-tuyg‘ularga boy. Verter – tabiatning erkin farzandi. Asar Verterning zavq-shavqi, iztirobi, qaynoq muhabbati haqida.