📖 ”Ufq”
📝Said Ahmadning “Ufq” romanini o‘qiganda qanday tugaganini bilmay qoladi kishi. Ajoyib roman. Voqealar rivoji, qahramonlar feʼl atvori judayam hayotiy. Baʼzi romanlarda ijobiy qahramonlarni judayam sodda, qo‘polroq aytganda, “ogʼzi ochilgan” roq qilib yoki o‘ta ishonuvchan, ishonib bo‘lmas darajada kechirimli qilib tasvirlanganining guvohi bo‘lamiz. Ushbu romanning ijobiy qahramonlari nafaqat, ularning romandagi partnyorlari ko‘nglidan, balki o‘quvchining ham ko‘nglidan joy olishi aniq…
✍️ Muallif: Said Ahmad