O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354 sonli qarori O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarorining ijrosini ta’minlash va muhim besh tashabbusining beshta yo’nalishi bo’yicha yoshlar, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, o’sib kelayotgan yosh avlodning dunyo qarashini kengaytirish, ularning ongini rivojlantirish maqsadida, 2025-yilning 20-may sanasida Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi asosida “Yo’lchi” M.F.Y.da istiqomat qiluvchi aholiga xizmat ko’rsatildi. Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi haqida ma’lumot berildi, kitobxonlarni qiziqtirgan kitoblar taqdim etildi va kutubxonaga yangi kitobxonlar aʼzo qilindi.