📚Агата Кристи
Istambulda bo‘lgan buyuk izquvar Erkyul Puaro mashhur “Sharqiy ekspress”da Angliyaga qaytadi, unda u bilan birga, aftidan, barcha millat vakillari ketayotganga o‘xshaydi. Yo‘lovchilardan biri, Retchett familiyali yoqimsiz amerikalik, Puaroga o‘zining shaxsiy qo‘riqchisi bo‘lishni taklif qiladi, chunki u uni o‘ldirishlari kerak deb hisoblaydi. Mashhur belgiyalik bu bema’ni iltimosni rad etdi. Ertasi kuni esa amerikalikni o‘z kupesida o‘lik holda topishadi, buning ustiga eshiklar yopiq, derazalar ochiq. Puaro zudlik bilan tekshiruvga kirishadi va kupe “Sharqiy ekspress”ning deyarli barcha yo‘lovchilarini ko‘rsatuvchi har xil dalillarga to‘la ekanligini aniqlaydi. Buning ustiga poyezd kimsasiz joyda qor uyumlariga botib qolibdi. Ekspress o‘z yo‘lini davom ettirishidan oldin Puaro qotilni topishi kerak…