Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston zamini tarixda buyuk Uyg‘onish davrlariga beshik bo‘lgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlarni yetishtirib bergani qalamga olingan.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessansga mustahkam zamin yaratish borasida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar haqi da so‘z yuritiladi. Ushbu «Birinchi Renessans allomalari» nomli o‘quv qo‘llanmasi uchta kitobdan iborat turkumning dastlabkisidir. U jonajon Vatanimizning yangi tarixiga dastlabki chizgilar ekanligi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Mualliflar «Ikkinchi Renessans allomalari», «Uchinchi Renessans insonparvarlik va ilm-ma’rifat asosiga qurilmoqda o‘quv qo‘llanmalarini ham tez orada taqdim etishga ahd qilishgan.
