⚡️ «Mening otim Qirmizi»
🥇 Mazkur asar turk yozuvchisi, 2006-yildagi Nobel mukofoti sovrindori O’rxon Pomuqning eng mashhur kitoblaridan biri boʻlib, unda XVI asr Usmonli imperiyasida sodir bo’lgan voqealar aks etadi.
🇹🇷 Roman Usmonli hukmdori Murod III davrida faoliyat yuritgan bir guruh miniatyurachi rassomlar tomonidan bir-biriga bog’langan tarzda hikoya qilinadi. Asarda har bir qahramon o’z tilida gapiradi; U xoh o’lik, xoh jonsiz bo’lsin, bari tilga kiradi va hikoyani o’z nuqtayi nazaridan kelib chiqib aytib beradi.