Tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📚  Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz
✍️   Shahodat Ulug‘

Qadrli kitobxonlar!

Necha mingyillik urush – mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi ozodlik hurlik harakati Jaloliddin Manguberdining bemisl jasorati bilan yakun topgan emas. Tarix qatida yashirin sirlar shu qadar ko‘pki, vaqti kelib Manguberdining jiyani – mamlukiy Misr taxtini egallagan Mahmud ibn Mamdud Sayfiddin Qutuz 1260 yili Ayn Jolut yonidagi jangda mo‘g‘ul lashkarini tamom yer tishlatib, ularning Islom yurtlariga bundan keyingi yurishlariga amalda barham berdi. Chingizxon bosqini sabab uzoq ellarda darbadar, qul bo‘lib, keyinchalik shohlik taxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan xonzoda Sayfiddin Qutuz haqidagi asar o‘tmishning qop-qora, sertalotum, dolg‘ali kunlaridan hikoya qiladi.

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!