Bu kitob – ko’plar kutgan durdona asar. U jaxon adabiyotidagi eng sara asarlar ro’yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo» yaratilganiga bir necha asrlar o’tgan bo’lsa-da, undagi ulug’vor g’oyalar, o’lmas tuyg’ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o’quvchini kitobga ipsiz bog’lab qo’yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari aks ettiriladi.
