O‘zbek tiliga Davlat tili maqomo berilganiga 36 yilligi munosabati Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “ Til — millat ko‘zgusi ” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari, buyuk adiblarimizning asarlari hamda ona tilining boyligini tarannum etuvchi kitoblar namoyish etildi.
Kòrgazmaning maqsadi — o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va tilga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdir.
Ko‘rgazmada foydalangan har bir kitobxon o‘zbek tilining go‘zalligi, so‘z boyligi va ma’naviy qadriyati haqida ma’lumot oladilar. Ushbu kòrgazma ona tilimizni qadrlash va asrashga chorlovchi ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo’ladi.

