📚 21-oktyabr — O’zbek tili bayrami🇺🇿
📍 Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida 21-oktyabr — O’zbek tili bayrami munosabati bilan “Til millatning yuragi, xalqning vujudi” mavzusida tadbir o’tkazildi.
🎤✨ Tadbirda tumanning 33-maktab o’quvchilari vatanni madh etuvchi she’rlar, maqollar hamda qo’shiqlarni jonli ijro etdilar. 👩🎓👦🎶
🗣️ O’zbek tili — xalqimizning milliy ifodasi, boy madaniyatimizning asosi va kelajak avlodlarga qoldiriladigan bebaho merosdir. Tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish har birimizning burchimiz. 💖📖
👏 Barcha ishtirokchilarga rahmat va tilimiz yo’lida yangi ijodiy marralar tilaymiz! 🍀

