«Unutmoq osonmas bizlarni» mavzusida o’zbek xalqining zabardast vakili, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Yangiliklar

Qadim yurtga qaytsin qadim navolari,
Qumlar bosib, qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang — xalq bo’l,  elim!…

Muhammad Yusuf

Joriy yilning 26-aprel kuni Muzrabot  tumani axborot-kutubxona markazi va tumanning 1-maktabining 8-sinf o’quvchilari hamkorligida «Oʻzbekiston—kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning yakuni  va  «Unutmoq osonmas bizlarni» mavzusida o’zbek xalqining zabardast vakili, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda o’quvchilar tomonidan shoirning yozgan she’rlari va undan yaralgan qo’shiqlarga raqs, sahna ko’rinishlarni taqdim etildi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassis tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, Muhammad Yusufning «Alyorim qolur» kitobi yuzasidan taqdimot o’tkazildi.