Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning 46-maktabida bo‘lib, kutubxona faoliyati bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Tadbir davomida maktab kutubxonachilariga kutubxona ishlarini samarali tashkil etish, fondlarni tartibga solish, o‘quvchilarga kitoblarni tavsiya qilish va zamonaviy axborot-resurslardan foydalanish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.
Shuningdek, mutaxassislar kutubxonachilar bilan birga yangi uslubiy materiallar va kitoblarni qanday targ‘ib qilish, yosh kitobxonlarni faol jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Bu tadbir maktab kutubxonasining ish sifatini oshirish va o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

