Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning 45-maktab kutubxonasida bo‘lib, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Tashrif davomida kutubxona fondini tartibga solish, hisob-kitob hujjatlarini yuritish, kitoblarni saqlash va targ‘ib qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni mutolaaga keng jalb etish, kitob ko‘rgazmalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur uslubiy yordam maktab kutubxonasining ish samaradorligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 📚✨

