Uslubiy amaliy yordam.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi U. Hamrayeva tumandagi “Obi hayot” mahallasida joylashgan 7-maktab kutubxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maktab direktori T. Utayev hamda kutubxonachi N. Uraqova ishtirokida kutubxona hujjatlari ko‘rib chiqildi. Kutubxonaning toza va ozoda saqlanayotgani, fondning tartibli joylashtirilgani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, yaqinda hokim tomonidan sovg‘a qilingan yangi kitoblar bilan ham tanishib chiqildi.
Tashrif yakunida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi U. Hamrayeva tomonidan uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi. 📖✨