Uy kutubxonasi — bilim va ma’naviyat maskani
“Obi hayot” mahallasida joylashgan Xalq ta’limi faxriysi, nuroniy Qodirov Doʻstqobil Toʻraboyevichning uy kutubxonasiga Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xamrayeva Umida rahbarligida bir guruh kitobxon yoshlar ekskursiyaga tashrif buyurishdi.Ekskursiya davomida yoshlar uy kutubxonasidagi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan tanishib, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdilar. Shuningdek, nuroniy ustozning ilmga va kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati yosh avlod uchun namuna bo‘ldi.

