O‘zbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror sheʼrini yod olmagan zamonamiz yoshlari bo‘lmasa kerak. Sevimli shoiramiz o‘z sheʼrlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda. Benazir ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining bu yil 109 yilligini nishonlaymiz. Shu munosabat bilan Axborot-kutubxona markazida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.