“Vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida badiiy kecha.

Yangiliklar

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
✍Zulfiya Isroilova (1947-yil)
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi va tumanning 13-sonli MTM hamkorligida O‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining
110 yilligi munosabati bilan “Vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida badiiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirda MTM tarbiyachisi so’zga chiqib Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida so’zlab berdi. Tarbiyalanuvchilar shoiraning she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar. Tadbir kuy-qo’shiq, raqslar bilan o’zgacha tus oldi. Tadbir so’ngida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmasi bilan axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga tanishtirib o’tdilar.