“Vatan himoyasi – muqaddas burchimiz!” 🇺🇿
Joriy yilning 13-yanvar kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi markaz mutaxassislari — Esanova Maxliyo, Beknazarova Sayyora, Mamatova Zulfiya, Xolyorova Yu., Turdiyeva Charos hamda “Kitobxonlar klubi” a’zolari bilan hamkorlikda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli musiqiy va badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarimiz vatan himoyachilari uchun kuy va qo‘shiqlar ijro etishdi, ifodali she’rlar o‘qishdi, tadbir esa ko‘tarinki ruhda o‘tdi.Harbiylarimiz Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat namunasi bo‘lib, yosh avlod uchun haqiqiy ibratdir. Tadbirda 28 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.

