“Vatan himoyachilari kuni” tadbiri — ma’naviyat va jasorat uyg‘unligi”

Yangiliklar

🇺🇿📚 “Vatan himoyachilari kuni” tadbiri — ma’naviyat va jasorat uyg‘unligi 📚🇺🇿
Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasida joylashgan 29-sonli Madaniyat uyida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi ko‘chma kutubxonaning kitoblaridan ko‘rgazma tashkil etilib, ishtirokchilar Vatan himoyachilarining jasorati va fidoyiligiga bag‘ishlangan adabiyotlar bilan tanishdilar.
Tadbirni tuman hokimining yordamchisi boshqardi. Unda tumanlardan kelgan harbiylar, shuningdek, 8-maktabning “Jasorat maktabi” o‘quvchilari va 7-maktab o‘quvchilari faol qatnashdilar.
📖 Vatan himoyachilarining jasorati va kitobning tarbiyaviy qudrati birlashganda — kelajak avlod shakllanadi!