Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila – jamiyat poydevori” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar

✅2025-yil 15-may kuni  Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida mutaxassislar tomonidan Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila – jamiyat poydevori” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
📚Ko’rgazmada oila, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va oilaviy qadriyatlarga bag’ishlangan asarlar o’rin oldi. Mamlakatimizda oila kunining keng nishonlanayotgani, oilalarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan davlat harakatlari, jamiyatda oilaning o’rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Oila mavzusiga doir kitoblarni targ’ib qilish maqsadida ularga bibliografik sharhlar berildi va tavsiya ro’yxati tuzildi.