Xalqaro Ona tili kuni har yili 21-fevral sanasida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Ushbu sana til boyligini asrash va har bir xalqning o‘z ona tiliga hurmatini oshirishga xizmat qiladi.
📚 Bayramning asosiy maqsadi:
— Dunyo tillari xilma-xilligini asrash;
— Yo‘qolib borayotgan tillarga e’tibor qaratish;
— Har bir xalqning ona tilini hurmat qilish va rivojlantirish;
— Yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish.
Bugungi kunda dunyoda minglab tillar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Ona tilini asrash — bu millatning madaniyati, tarixi va o‘zligini asrash demakdir.
Shu munosabat bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida mazkur sana bilan bog‘liq adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, 1-maktabning faol o‘quvchilari ishtirokida “Davra suhbati” o‘tkazilib, unda ona tilimizning boyligi, tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

