Xotira- muqaddas, qadr aziz!

Yangiliklar

Xotira- muqaddas, qadr aziz!

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Muzrabot tumanida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tumandagi barcha tashkilot va muassasalarning mehnat jamoalari, harbiy tuzilmalar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Afg‘on urushi qatnashchilari, front orti faxriylari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi…

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari xam ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishib,kitoblar targ’ibotini olib bordilar.