Xotira va ehtirom — buyuk siymo xotirasiga.

Yangiliklar

🇺🇿 Xotira va ehtirom — buyuk siymo xotirasiga 🇺🇿
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Boltayeva M.va Muzrabot tumanining “Madaniyat” mahallasida joylashgan 24-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida marhum Prezidentimiz, mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir tashkilot mudirasi Alimova Qunduz rahbarligida bo‘lib, unda 90 nafar tarbiyalanuvchi bolalar qamrab olindi. Davra suhbati davomida bolalarga Vatan, tinchlik va mustaqillik tushunchalari sodda va tushunarli tarzda yetkazildi.
✨ Ajdodlar xotirasini ulug‘lash — kelajak avlod tarbiyasining muhim omilidir.