«Xush kelibsan Navro’zi olam» nomli ko’rgazma

Yangiliklar

Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yosharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi zalida «Xush kelibsan Navro’zi olam» nomli ko’rgazma tashkil qilindi.