📚 Yangi adabiyotlar targ‘iboti — bolajonlar o‘rtasida 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida Bolajonlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida yangi kelib tushgan adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida bolalarga yoshlariga mos, qiziqarli hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblar tanishtirildi.
Bolajonlar asarlar mazmuni bilan katta qiziqish bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida savollar berib, faol ishtirok etdilar.
📖 Kitob — bolalar dunyosiga ochilgan ma’rifat eshigidir!


