“Yangi avlod-bayroq ostida birlashgan xalq” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Yangiliklar

“INFOLIB O’ZBEKISTON – 2025” XIV  Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi va tumanning 13-sonli MDMT va tumanning 1-maktab o’quvchilari hamkorlikda“Yangi avlod-bayroq ostida birlashgan xalq” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelganligi,  xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib uni ardoqlaganliklari, ko‘z qorachig‘idek saqlaganliklari, tariximizda hukm surgan turli sulolalar, davlatlar ham o‘z bayroqlariga ega bo‘lganliklari haqida gapirib o’tildi.O’quvchilar tomonidan  Ona-Vatan, tinchlik va Mustaqillikni ulug’lovchi  she’rlar yod olindi. Mutaxassislar tomonidan  “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, “Davlat ramzlari”, o’quvchi-yoshlarga ma’lumot berildi.