“Yangi kitoblar sizga muntazir” mavzusida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi
📚 Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan navbatdagi kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Ushbu safargi tadbir tumanning “Mehrigiyoh”MFY.da istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida “Yangi kitoblar sizga muntazir” mavzusida o‘tkazildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – aholining kitobga bo‘lgan ehtiyojini oshirish, o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish va kutubxona xizmatlaridan kengroq foydalanishga undashdan iborat.