📚 “Yangi kitoblar — yangi bilimlar manbai” 📚
Ayollarni e’zozlash oyligi doirasida kutubxonada yangi kelib tushgan adabiyotlarni kitobxonlarga tanishtirish maqsadida “Yangi kitoblar — yangi bilimlar manbai” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada turli sohalarga oid yangi va qiziqarli adabiyotlar, badiiy hamda ma’rifiy kitoblar o‘rin oldi. Kitobxonlar yangi kelib tushgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni tanlab mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ko‘rgazma kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, yangi bilim va ma’lumotlar olishga undash hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

