“Yangi O’zbekistonning-Baxtli bolalari” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Yangiliklar

Har birimiz yoshimiz ulg‘aygani sayin bot-bot bolalik xotiralariga murojaat qilaveramiz. Kindik qonimiz tomgan muqaddas go‘sha, mehribon ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz va yaqin jigarlarimizdan ko‘rgan mehr muhabbatni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazaveramiz.
Shu ma’noda yurtimiz bolalariga havas qilsa arziydi. Ularning barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari yo‘lida barcha imkoniyatlar mavjud.
Har yili 1 iyun mamlakatimizda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishollanadi. Turli mavzularda ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida xam shu sana munosabati bilan “Yangi O’zbekistonning-Baxtli bolalari” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.Shu munosabat bilan farzandlarimizga baxt va omad doimo yor bo‘lishini tilaymiz. Osmonimiz musaffo bo‘lsin. Bolajonlarimiz jonajon Vatanimizda baxtli hayot kechirsinlar.