“Yangi yil orzulari” – quvonch va bolajonlar kulgusi bilan.

Yangiliklar

🎄✨ “Yangi yil orzulari” – quvonch va bolajonlar kulgusi bilan ✨🎄
26-dekabr kuni Muzrabot tumani 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar ishtirokida “Yangi yil orzulari” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bolajonlar o‘zlarining quvnoq chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari orqali Yangi yil kayfiyatini ulashdilar. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbirda Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, bolalar bilan iliq muloqotda bo‘lishdi.
Yangi yil arafasida tashkil etilgan mazkur tadbir bolajonlarning qalbida unutilmas xotiralar qoldirdi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🌟🎁