Yangiliklar

«Buyuk siymolarning boqiy qudrati»

Beruniy ibn Sino va al-Xorazmiy bilan bir qatorda turuvchi Sharq “Uyg’onish qavri”ning eng mashhur namoyandalaridan biridir. Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilganligi bois uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang.  Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1051 yilligi munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi ko’rgazmalar zalida “Buyuk siymolarning boqiy qudrati” nomli kitob ko’rgazmasi  tashkil etildi.

Batafsil

«Xon atlas» haftaligi

Xonatlas – o‘ziga xos va betakror ranglarni o‘zida jo qilgan an’anaviy o‘zbek ipak matosi. Moda sanoatida xon-atlas nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy dizaynerlar orasida ham sevimlidir. Milliy qadriyatimiz bo‘lmish xonatlas  qadimiy tarixga ega. Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda […]

Batafsil

«Siz hali ham kitob o’qimayapsizmi, unda biz yoningizga boramiz»

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar boʻyicha 50-sonli yigʻilish bayoni ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasininig 2024-yil 12- yanvardagi 5-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 6(21)bandi: «Madaniyat markazlari va kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirish orqali aholi xususan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish» bo’yicha  11-sentyabr kuni Muzrabot tumani […]

Batafsil

«Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz»

Kutubxonaga hamma yugurib boradimi? Yo‘q. Odamlar kitob o’qishi uchun nima qilish kerak? Demak kitobni odamlarning oldiga olib borish kerak. Shunda odamlar kitob  o’qiydigan bo‘lishadimi? Yo‘q, birdan kitob o’qiydigan bo‘lishmaydi. Lekin biroz kitobga yaqin bo‘lishadi. Ko‘zga tushdimi, o‘ntasidan bittasi kitobni qo‘liga olib ko‘radi. Qo‘liga kitob olgan kishi albatta boshqa bir kishining nazariga tushadi. Odamzodning xususiyati shunday: […]

Batafsil

Tavsiya qilamiz

Harper Li «Mazaxchini o’ldirish» Amerikalik taniqli yozuvchi qalamiga mansub ushbu asar o‘z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, ko‘pchilikning sevimli asariga aylangan va hamon shunday bo‘lib qolmoqda. Dunyoning ko‘plab reytinglaridan munosib o‘rin egallagan asar o‘zbek o‘quvchilariga ilk marta taqdim etilmoqda. Adabiyot muxlislari uchun mo‘ljallangan.

Batafsil

«Birgalikda mutolaa qilamiz»

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” amalga oshirishga oid davlat dasturini ijrosi yuzasidan NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo‘yicha Joriy yilning 9-sentabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanning «Yangi […]

Batafsil

«Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz»

Mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Insoniyat yaratgan eng ulug‘ mo‘jiza bu – kitob. Kitob orqali tarixni, qadim madaniyatni bildik, bilimimiz, dunyoqarashimiz shakllandi. Bugungi kunga kelib esa taraqqiyotni […]

Batafsil

«Tarixiy xotira-Yangi O’zbekiston poydevori»

2024-yil 4-sentyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi 1- sonli maktab  o’quvchilar bilan hamkorligida 31-avgust «Qatag‘on qurbonlarini yod etish» kuni munosabati bilan «Tarixiy xotira – Yangi O‘zbekiston poydevori» mavzusida kitoblar targ’iboti tashkil qilindi. Targ’ibotda o‘tgan asrlar davomida yurtimizda Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz hayoti va faoliyati, shuningdek, ziyolilarning qatag‘on qilinish sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga […]

Batafsil

«Kitobim-Oftobim» nomli ekskursiya

2024-yil 4-sentyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga «Baby good» XMTM tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari  «Kitobim-Oftobim» mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. Dastavval ishtirokchilarga kutubxona faoliyati haqida tushuntirishlar berildi va u yerdagi yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirildi. Ekskursiya davomida yoshlarning intellektual va ijodiy qobilyatlarini yuzaga chiqarib, yanada kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar yaratilganligiga guvohi bo‘lganliklarini bildirishdi va kutubxonaga a’zo bo’ldilar.

Batafsil

«Men nechun sevaman O’zbekistonni?»

Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 33 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon […]

Batafsil