Yangiliklar

«TAFSIYA ETAMIZ»

«Afg‘on shamoli» roman-seriali o‘tkir syujetlarga boy va voqealar ketma-ketligi o‘quvchini doimiy hayajonda ushlab turadi. Narkobiznes olami, narkokurerlarning jirkanch qilmishlari kitobxonda ularga nisbatan nafrat tuyg‘usini uyg‘otmay qolmaydi.Romanning ushbu kitobida Mehmed Chegechi hamda rus mafiya otasi – Vadim Volfovichning o‘ldirilishi, «Adolat lashkarlari»ning qabohatga to‘la nohaqliklari, o‘zbek razvedkachisi – Bo‘ronning erta-indin dunyoning turli burchaklariga jo‘nab ketishi kutilayotgan kamikadzelarni […]

Batafsil

«INSON HUQUQLARI» HAFTALIGINI o’tkazish bo’yicha dastur asosida davra suhbati o’tkazildi.

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida xodimlarning maʼnaviy dunyoqarishini oshirish hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirish maqsadida «Maʼnaviyat soati» tashkil etildi. Hamda O’zbekiston Republikasi Prezidentining «O’zbekiston Republikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risidagi»gi PQ – 46 son Qarori 12-bandida belgilangan «INSON HUQUQLARI» HAFTALIGINI o’tkazish bo’yicha dastur asosida davra suhbati o’tkazildi.

Batafsil

«Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.»

NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda Umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Kitobsevar millat” loyihasi asosida. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi 33-umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida » Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.» shiori ostida targ’bot tashfiqot ishlari olib borildi.

Batafsil

«Bir adib haqida suhbat»

Xudoyberdi To‘xtaboyev – o‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuvchisi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi. Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxon O’quvchi yoshlari o’rtasida «Bir adib haqida suhbat» reja asosida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati davomida Axborot-kutubxona markazi bolalar bo’limiga xizmat ko’rsatish mutaxassisi Y. Xolyorova yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodi haqida […]

Batafsil

«Kitob va kitobxonlik-inson ma’naviyatining ko’zgusi»

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish maqsadida Muzrabot tuman «Yo’lchi» mahalla fuqorolari o’rtasida «Kitob va kitobxonlik-inson ma’naviyatining ko’zgusi» shiori ostida targ’bot ishlari olib borildi. Hamda yangi adabiyotlar o’qib foydalanishlari uchun tafsiya qilindi.

Batafsil

«INFOLIB O’ZBEKISTON-2023”XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi «

Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazida Muzrabot tuman yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasi yakunida «Yosh kitobxon» ko’rik – tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Unda yosh kitobxonlar 14, 15-19, 20-30 yoshlari toifalarida o’zaro adabiyotlardan tuzilgan savol javob asosida bellashdilar. G’olib bo’lgan o’quvchi yoshlar taqdirlandilar.

Batafsil

«INFOLIB HAFTALIGI» doirasida «Kitob bu inson orqali ko’rinadigan dunyodir» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

«INFOLIB O’ZBEKISTON–2023» XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI o‘tkazilishi munosabati bilan 2023 yil 27 – oktyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxon kulubi a’zolari bilan «Kitob bu inson orqali ko’rinadigan dunyodir» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida kulub a’zolari bilan viktorina savol-javoblari hamda o’zlarini yod olgan she’rlari bilan tadbirni ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Batafsil