«Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi» ko’rik tanlovining viloyat bosqichi

Yangiliklar

Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona  mutaxassisi” ko‘rik tanlovining  2 bosqichi  bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida an’anaviy tarzda har yili kutubxonachi mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona  mutaxassisi” ko‘rik tanlovining  2 bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlov 4 ta shart bo‘yicha   hakamlar hay’ati  tomonidan baholab borildi. 1- shart.  Kitoblarni interaktiv  usullarda targ‘ib qilish. 2-shart. Kutubxonada amalga oshirgan loyihasi taqdimoti. 3-shart. Erkin mavzu. 4- shart. Test sinovi.

Ushbu shartlar bo‘yicha 14 nafar axborot-kutubxona mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona  mutaxassisi” ko‘rik tanlovining  2- bosqichi   yakuni buyicha  1-o‘rin  Angor tumani  mutaxassisi Rahmonova  Xilola, 2 – o‘rin Sherobod tumani mutaxassisi Mamanazarova Santalat, 3- o‘rin Muzrabot tumani mutaxassisi Aminova Ozoda deb topildi.

1-o‘rin g‘olibasi  Angor tuman axborot – kutubxona markazi mutaxassisi   Rahmonova  Xilola Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.