Yilning ilk ekskursiyasi tumanning Yo‘lchi mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh yosh kitobxonlar ishtirokida tashkil etildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tashrif davomida yoshlar kutubxona faoliyati, kitob fondlari hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya jarayonida kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlar ongini yuksaltirishdagi o‘rni haqida suhbatlar olib borildi. Tadbir yosh kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

