«Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz»

Yangiliklar

Kutubxonaga hamma yugurib boradimi? Yo‘q. Odamlar kitob o’qishi uchun nima qilish kerak?
Demak kitobni odamlarning oldiga olib borish kerak. Shunda odamlar kitob  o’qiydigan bo‘lishadimi? Yo‘q, birdan kitob o’qiydigan bo‘lishmaydi. Lekin biroz kitobga yaqin bo‘lishadi. Ko‘zga tushdimi, o‘ntasidan bittasi kitobni qo‘liga olib ko‘radi. Qo‘liga kitob olgan kishi albatta boshqa bir kishining nazariga tushadi. Odamzodning xususiyati shunday: kimdir nimadir qilsa uning ham shunday qilgisi keladi. Ya’ni bir kishi kitob o’qiganini ko‘rib, unda ham kitob o’qish istagi paydo bo‘ladi. Qarabsizki, kitobga qiziqqan yana bir kishi ko‘payadi. Ana shu maqsadda kutubxona mutaxassislari tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasida kitob targ’iboti ishlari davom ettirilmoqda. Joriy yilning 10-sentyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Shaffof» mahallasida bo’lishib, markazga kelgan yangi adabiyotlar targ’ibotini o’tgazishdi va kerakli tavsiyalarni berishdi.