“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

Yangiliklar

“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Vallayeva N. va Mahmudova Yu. tomonidan mazmunli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, kitob o‘qishning ahamiyati hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda kitobning tutgan o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar targ‘ib qilinib, kitobxonlarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlab, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.