
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Shu bois “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarish maqsadida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi bugun navbatdagi “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida aholi o’rtadida kitoblar targ’ibotini olib borildi va kerakli tavsiyalar berildi.
