📚🚶♀️ “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” — ma’naviyat sari qadam 🚶♂️📚
Kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda aholining barcha qatlamlarini mutolaaga jalb etish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning “Yangi hayot” mahallasida joylashgan jamoat joylari, ta’lim muassasalarida kitob targ‘ibotlari o‘tkazilib, badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy adabiyotlar kitobxonlarga tavsiya etilmoqda. Ushbu tashabbus kitobni hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi.
📖 Bir sahifa — bir fikr, bir kitob — bir olam!

