📚 Yo‘l-yo‘lakay kitob targ‘iboti 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning Yo‘lchi MFYda yashovchi Ortıqova Gulchehra va Saidova Zulfiya opa-singillar ishtirokida
“Kitoblar insoniyat fikrining durdonalarini to‘plab, avlodlarga yetkazadi” mavzusida kitob targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida badiiy va ma’naviy ahamiyatga ega adabiyotlar haqida suhbatlar olib borilib, mutolaaning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Yo‘lchi mahallasida yashovchi nafaqadagi bobolar — Poyonov Rustam, O‘taganov G‘affor va G‘ani bobolar bilan ham kitob targ‘iboti o‘tkazildi. Suhbatlar davomida kitobxonlikning ahamiyati, hayotiy tajriba va ma’naviy merosni yosh avlodga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📖 Kitob — avlodlarni bog‘lovchi bebaho ma’naviy boylikdir!

