“Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz”

Yangiliklar

2026-yil 3-mart kuni “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” shiori ostida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida mutaxassislar Muzrabot tumani “Shaffof MFY” hududida joylashgan Xalq banki hamda Mikrokreditbank bo‘limlarida bo‘lib, aholiga QR-kodli elektron kitoblar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ishtirokchilarga QR-kod orqali elektron adabiyotlardan foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, onlayn imkoniyatlar va raqamli resurslar haqida tushunchalar berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri aholining mutolaa madaniyatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda kitobxonlikni keng ommalashtirishga xizmat qildi. 📚✨