Yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 2-iyundagi 186-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholining xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 8-sentyabr kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi, ishchi-xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tushuntirish ishlari davomida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan zarur choralar va amaliy tavsiyalar berildi.