Respublika miqyosida «O‘zbekiston-kitobxonlar yurti» V Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida tadbirlar davom etmoqda.
Kitobxonlik haftaligining mehmoni tumanimiz ijodkori taniqli shoir, yosh ijodkorlarning sevimli ustozi Sirojiddin Qulboboyev hamda Sunnatillo Abdukarimovlar bilan ijodiy uchrashuv va Sunnatillo Abdukarimovning «Armon uchqunlari» kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va faol kitobxonlar qatnashdi.
Ijodiy uchrashuvni Muzrabot TAKM direktori B.Xursanov ochib berdi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi.
Shundan so’ng, shoir Sirojjiddin Qulboboyev va Sunnatillo Abdukarimovlar o’zlarining hayotiy tajribalari haqida gapirib berdi.Tadbir so’ngida Sunnatillo Abdukarimov o’zining «Armon uchqunlari» va » Muhabbat malikasi» nomli kitoblarini kutubxona fondiga sovg’a qildi. Tadbir juda ham qiziqarli va bahs-munozaraga boy o’tdi.