2025-yil 12- iyun sanasida Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazining mutaxassisi Beknazarova Sayyora tomonidan “Yosh kitobsevarlar” klubining a’zolari “Kitoblar jonlanganda” mavzusida bolajonlarga “Sehrli shamchiroq” oʻzbek xalq ertak kitobidan qiziqarli ertaklar soʻzlab berildi. Ertak kitoblar bolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, ushbu ertaklar orqali bolajonlar vatanga sadoqat, ota-onaga gʻamxoʻrlik, doʻstga vafodorlik kabi fazilatlar haqida maʼlumotlar olishdi. Klub aʼzolari ertaklarni qiziqib tinglashdi va oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.