Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida 2025 yil 24-yanvar kuni Kitobxonlar klubi doirasida “Yosh kitobsevarlar” to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi. Mashg’ulotda kitobxonlarga “O’zbek bolalar adabiyoti” mavzusida ma’lumot berildi. Kitobxonlarimiz bolalar shoirlaridan Anvar Odbidjon, Tursunboy Adashboyev, Polat Momin, Ilyos Muslim va Zafar Diyor she’rlarini ifodali qilib, yoddan aytib berishdi.Bugun bolalar shoiri Zafar Diyor tavalludining 113-yilligi munosabati bilan kitobxonlar klubi a’zolariga shoirning hayoti va ijodi,ijod namunalari haqida tushunchalar keltirib o’tildi. Kitobxonlar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mashg’ulotda 12 nafar kitobxon ishtirok etdi.