2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan 30-iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash hamda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, iyun oyi mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Davlat organlarining shaxsan birinchi rahbarlari va yoshlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish, joylardagi mas’ul rahbarlar faoliyati natijadorligini oshirish, maqsadida, “Vazir va yoshlar”, “Rahbar va yoshlar”, “Sektor rahbari va yoshlar” formatidagi uchrashuvlarni tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Shu sana munosabati bilan joriy yilning 28-iyun kuni Muzrabot tuman Axborot kutubxona markazida Yoshlar kuniga bagishlab «Yoshlar kelajagimiz poydevori» nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.