O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ- 4354 sonli qarori O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarorini ijrosini ta’minlash va muhim besh tashabbusining beshta yo’nalishi bo’yicha yoshlar , ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, o’sib kelayotgan yosh avlodni dunyo qarashini kengaytirish, ularning ongini rivojlantirish maqsadida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tuman yoshlariga o’zlarining beminnat xizmatlarini ko’rsatib kelmoqdalar.Bugungi kunda kitobxonlarimiz ichida yoshlar ( 30 yoshgacha bo’lgan) 67%ni tashkil qiladi.
Davlat rivojlanishni, kitobxon yoshlarni ko‘paytirishni istar ekan, yoshlarga e’tibor berish zarur. Kitobxonlar uchun sara kitoblar, rag‘batlar, qulay kutubxonalar lozim bo‘lsa, mutolaaga ko‘p vaqt ajratmaydigan yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish uchun turli targ‘ibotlar, tanlovlar hamda ularga tanish bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi elektron, audio kitoblarni ko‘paytirish kerak. Kitob shakli, turi qancha ko‘p bo‘lsa, mutolaa haqida qancha ko‘p gapirilsa, shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Kitobxonlikni targ‘ib qilish O‘zbekistonda yoshlarda oid davlat siyosatining ajralmas va ustuvor yo‘nalishidir. O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi e’tiborga loyiq.