YOSHLAR VA KITOBXONLIK.

Yangiliklar

📚✨ YOSHLAR VA KITOBXONLIK ✨📚
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma tashkil qilindi.
📝 So‘rovnoma davomida:
🔹 Yoshlarning mutolaa qilish odatlari
🔹 Sevimli janrlari
🔹 Kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi
🔹 Kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikrlari o‘rganildi.
💬 Ishtirokchilar kitobning hayotdagi o‘rni, uning shaxs kamolotidagi ahamiyati hamda tafakkurni kengaytirishdagi roli haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
📊 Olingan natijalar asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar rejalashtirilmoqda.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📖 Kitob — ma’naviyat manbai, tafakkur chirog‘i!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━