» Yuriy Gagarin boshlab bergan sayohat» nomli ekskursiya tashkillashtirildi.

Yangiliklar

12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan tumanning faol maktab o’quvchilari bilan birgalikda “Yuriy Gagarin boshlab bergan sayohat”  nomli kutubxona bo’ylab sayohat o’tgazildi. Tadbirda 1961 yil shu kuni birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin insoniyat tarixidagi kosmosga birinchi parvozni amalga oshirganligi, yer atrofida bir marta aylanib chiqif fazoga yo’l ochib berganligi haqida ma’lumotlar berilib, qiziqarli savol-javob o’tkazildi.  Mutaxassislar tomonidan  Y.Baturinning “Vlastelini beskonechnosti” hamda Y.Usachevning “Odin den s kosmonavtam” nomli   kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Ekskursiya davomida kutubxona fondi  va kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan  tanishdilar hamda o’zlariga yoqqan kitoblarni o’qish uchun oldilar.