🎉 Zahiriddin Muhammad Bobur – 543 yosh! 🎉
⚡️ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va tumanning 53-maktab o’quvchilari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📝 Tadbirda o‘quvchi yoshlar Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdilar, sahna ko‘rinishlarida esa Bobur g‘azallari va ruboiylari ijro etildi.
🔉 Tadbir so‘ngida hokimiyat vakillari o‘quvchilarga Bobur hayoti, adabiy merosi va tarixiy ahamiyati bo‘yicha qiziqarli faktlar bilan bo‘lishdilar.
📖 Bobur ijodi — milliy ma’naviyatimizning bebaho boyligi, yoshlarimiz tarbiyasida yorqin yo‘lchi!

